Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Acharya universiteti direktori bilan IT ta’lim sohasidagi hamkorlikning keyingi istiqbollari muhokama qilindi

Acharya universiteti direktori bilan IT ta’lim sohasidagi hamkorlikning keyingi istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Acharya universiteti direktori Vinesh Chandrashekar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda O‘zbekistonda raqamli ta’lim tizimini rivojlantirish borasida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri IBM sertifikatsiya tizimini O‘zbekiston bo‘ylab, jumladan, Toshkent va Buxoro shaharlarida joriy etish bo‘ldi. Vinesh Chandrashekar, O‘zbekistonda IBM trening va sertifikatsiya dasturlarini taqdim etish uchun zarur bo‘lgan hamkorlikni tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Vazir, o‘z navbatida, ushbu tashabbus muhimligi, IBM sertifikatsiyasining O‘zbekiston talabalari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishini va bu tashabbus mamlakatning raqamli iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shishini qayd etdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Acharya Universitetining Buxorodagi Qorako‘l tumanida yangi kampus qurish jaroyonlarining borishi masalasi ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Vinesh Chandrashekar Acharya Universitetining o‘quv dasturlariga yangi raqamli va texnologik yo‘nalishlar qo‘shishni taklif etdi. Xususan, biznes tahlilini o‘rgatadigan “Business Analytics” kursini O‘zbekistondagi nafaqat IT universitetlari, balki boshqa soha talabalariga ham taqdim etish mumkinligi haqida gapirildi. “Business Analytics” sohasiga hozirgi kunda global miqyosda katta talab mavjud va IBMning o‘ziga xos dasturlari orqali bu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash mumkinligi ta’kidlandi.

Vazir bu kabi kurslarning O‘zbekistondagi talabalar uchun katta imkoniyatlar yaratishini va mamlakatni raqamli iqtisodiyot sohasida yangi bosqichga olib chiqishini bildirdi.

Uchrashuvda ikki tomon raqamli ta’lim va IT sohasida yanada kuchaytirilgan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring