“Yoshlarbop” smartfon: Vivo Y100t 5G taqdim etildi

Vivo kompaniyasining “yoshlarbop” smartfonlari oilasida ko‘payish: qiziqarli texnik xususiyatlarga ega Vivo Y100t 5G taqdim etildi.
Smartfon ekrani — 6,64 dyuym, IPS, Full HD+, 120 Gs yangilanish chastotasi.
Protsessor — Dimensity 8200; operativ xotira — 8/12 Gb, ichki xotira — 256/512 Gb.
Akkumulyator — 5000 mAs, 120 Vt tezkor quvvatlagich.
Vivo Y100t 5G kameralar moduli 64 Mp asosiy sensor (OIS qo‘llanadi) va 2 Mp chuqurlik o‘lchagichidan iborat. Selfi-kamera — 16 Mp.
Barmoqlar skaneri o‘chirib-yoqish tugmasida joylashgan, shuningdek, 3,5 mm audioport va NFC mavjud.
Vivo Y100t 5G narxi sotuv boshlanadigan 23-fevral kuni e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter