"Yoshlar kuni"ga bag‘ishlangan "Yosh tadbirkorlar" Respublika forumidan reportaj
Joriy yilning 20-iyun kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tashabbusi bilan "Yoshlar – kelajagimiz" jamg‘armasi hamda “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – "O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi" hamkorligida "Yosh tadbirkorlar" Respublika forumi bo‘lib o‘tdi.
"Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" va 30 iyun – "Yoshlar kuni"ga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu forum yosh tadbirkorlar va startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun muloqot platformasini yaratish, yoshlarni biznesga jalb qilish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirishni jadallashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish maqsadida tashkil etildi.
Forum doirasida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB huzuridagi “Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi“ tomonidan yosh tadbirkorlar mahsulotlari va yosh startapchilarning innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-sonli qarori asosida biznes loyihalari bank tomonidan moliyalashtirilgan yosh tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Forumda so‘zga chiqqan “Biznesni rivojlantirish banki“, “O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi“, “Yoshlar ishlari agentligi“ hamda “Yoshlar — kelajagimiz“ jamg‘armasi vakillari yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilganini alohida ta’kidladilar.
Tadbir ishtirokchilari yoshlarni biznesga faol jalb qilish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Forum so‘ngida yosh tadbirkorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter