Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi bilan yetuk mutaxassislarni AyTi sohasida ko‘nikma-qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan memorandum imzolandi
Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi A. Sakurai boshchiligidagi delegatsiyaning Yaponiya davlatiga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Matsuo Takehiko bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov bilan onlayn tarzda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida IT ta’lim sohasini rivojlantirish hamda Yaponiyaning yetuk IT kompaniyalarini O‘zbekiston IT bozoriga jalb qilish muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri o‘rinbosari Matsuo Takehiko Yaponiyada 2030-yilga qadar 800 000 nafar IT mutaxassislar yetishmovchiligi kuzatilishi va ushbu muammoni bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan ishlab, Respublikamizda raqamli iste’dodlarni rivojlantirish va ularni ishga yollash bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar berdi.
Shu bilan birga, uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik memorandumning asosiy maqsadi do‘stona munosabatlar o‘rnatish va yetuk mutaxassislarni yetishtirishda hamda ularning IT sohasida ko‘nikma-qobiliyatlarini shakllantirishda hamkorlik qilishni o‘z ichiga qamrab olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter