Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya hukumati ChatGPTni ma’muriy ishlarga jalb qildi

Yaponiya hukumati ChatGPTni ma’muriy ishlarga jalb qildi

Foto: 3dnews.ru

Yaponiya Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirligi me’yoriy hujjatlarni yozish uchun chat-botdan foydalanishni boshladi. Vazirlik hozirda rasmiy hujjatlarni soddalashtirish va ularni tushunarli qilish uchun chat-botni sinovdan o‘tkazmoqda.

Vazirlik grantlar va arizalarni to‘ldirish bo‘yicha onlayn qo‘llanmalarni yangilash uchun ChatGPTdan foydalanishni rejalashtirmoqda. Zero, har yili minglab sahifadagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Yaqinda Raqamli islohotlar vaziri Kono Taro chat-botdan foydalanish bilan bog‘liq xavotirlar va ba’zida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilishi kabi masalalarni hal qilish zarurligini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring