Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya bilan O‘zbekistonning raqamli rivojiga yangi qadam tashlaymiz!

Yaponiya bilan O‘zbekistonning raqamli rivojiga yangi qadam tashlaymiz!

Tokio shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi A. Sakurai boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya bilan AKT va IT ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Ushbu xizmat safari O‘zbekistonni xalqaro bozorda yanada faol ko‘rsatish, yoshlar uchun yuqori sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratish, yangi ish o‘rinlari ochish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tashrif davomida ikki tomonlama loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Delegatsiya quyidagi tashkilot va kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi:

Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi (METI) bilan uchrashuvda O‘zbekistonning AKT strategiyasi taqdim etildi va 2025 yilda o‘tkaziladigan ICT Week va GameFest tadbirlarida Yaponiya ishtiroki, shuningdek IT missiyalarni O‘zbekistonga yuborish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Daiwa House – Yaponiyaning qurilish kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda IT autsorsing markazini ochish va 3D texnologiyalar asosida me’moriy dizaynerlarni tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Kompaniya o‘z vakilini mart-aprel oylarida O‘zbekistonga yuborishini ma’lum qildi.

JETRO bilan uchrashuvda Yapon kompaniyalarini O‘zbekiston IT ekotizimiga jalb qilish, ular uchun qiziqarli mavzular va forumlar tashkil qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Zeroboard – energetika va raqamli yechimlar sohasidagi startap rahbarlari bilan autsorsing markazini O‘zbekistonda ochish masalalari ko‘rib chiqildi.

My Navi Central Europe vakillari bilan fevral oyidagi O‘zbekiston safari taassurotlari muhokama qilindi hamda aprel oyida o‘tkaziladigan autsorsing konferensiyasida O‘zbekistonning Markaziy Yevropaga nisbatan afzalliklari haqida taqdimot o‘tkazish rejalashtirildi.

Tokyo International Professional University of Technology, IGDA va Kyoto Seika University rahbarlari bilan kreativ industriya, o‘yinlar, grafik dizayn va robototexnika bo‘yicha hamkorlik, talabalar almashinuvi va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

METI madaniyat va kreativ industriya departamenti vakillari bilan o‘yin va animatsiya bozorida O‘zbekiston kompaniyalari ishtirokini oshirish va Yaponiya bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

AJA (Association of Japanese Animation) bilan GameFest 2025da yapon kompaniyalari ishtirokini ta’minlash va tijorat animatsiyasi sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

ICTWeek 2025 va GameFest 2025 doirasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Yaponiya kompaniyalari va universitetlari bilan loyihalar va tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring