Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi smartfon aksessuari qon bosimini barmoq uchida o‘lchash imkonini beradi

Yangi smartfon aksessuari qon bosimini barmoq uchida o‘lchash imkonini beradi

Foto: Habr

Koliforniya universiteti muhandislari foydalanuvchining barmoq uchida qon bosimini nazorat qilish uchun smartfon kamerasi va chirog‘idan foydalanadigan oddiy va arzon qisqichli qurilmani ishlab chiqdi. Klipsa maxsus smartfon ilovasi bilan ishlaydi. Klipsaning narxi 80 sentga baholangan. Texnologiyaning tavsifi Scientific Reports jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, qon bosimining bu kabi muntazam monitoringi resursi cheklanganlar uchun hamyonbop yechim bo‘ladi. Bu keksalar va homilador ayollarga, masalan, gipertenziya kabi kasalliklarni davolashda foydali bo‘lishi mumkin.

Qon bosimini o‘lchash uchun foydalanuvchi klipsani barmoq uchi bilan bosadi. Smartfondagi maxsus ilova foydalanuvchiga o‘lchash vaqtida klipsani qanchalik qattiq va qancha vaqt bosib turish kerakligini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring