Yandex aqlli qurilmalar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etdi

Kechagi qisqa muddatli nosozlikdan keyin barcha Yandex qurilmalari normal ishlamoqda.
Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, foydalanuvchilar Wi-Fi tarmog‘i orqali aqlli uy qurilmalarini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelishgan. Undan avval Yandex masofadan boshqarish pulti ishlamayotgani va Alisa ovozli yordamchisi unga berilgan buyruqlarni bajarmayotgani haqida sharhlar paydo bo‘la boshladi.
Yaqinda Yandex birinchi marta Yandex Food va Yandex Delivery uchun xavfsizlik siyosatini e’lon qildi. Hujjatda buyurtmani yetkazib berish jarayonini iloji boricha xavfsizroq qilish uchun xizmatlar tomonidan ko‘rilgan barcha choralar mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter