Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google xodimlari nega qattiq nazoratga olindi?

Google xodimlari nega qattiq nazoratga olindi?

Foto: Ds-service39.ru

Google o‘zining gibrid ish siyosatini yangiladi. Endilikda kompaniya xodimlarining ishga kelib-ketishlarini kuzatib boradi. Korporatsiya xodimlari haftada kamida uch kun ofisda bo‘lishlari kerak.

Google kompaniyasining inson resurslari direktori Fiona Chikkonining so‘zlariga ko‘ra, bo‘lim rahbarlari doimiy ravishda ofisda bo‘lmagan xodimlarga eslatmalar yuborishni boshlaydi. Cicconi masofadan turib ishlaydigan va ofis yaqinida yashovchi xodimlarni gibrid ish jadvaliga o‘tishga chaqirmoqda.

Agar xodimlar e’lon qilingan siyosatga uzoq vaqt davomida amal qilmasalar, u holda kadrlar bo‘limi ogohlantirish haqida e’lon qiladi. Kelajakda masofaviy ishlash imkoniyati faqat istisno tariqasidagina taqdim etiladi, dedi Chikkoni.

2021-yilda Google xodimlarning noroziligiga duch keldi. Kompaniya xodimlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning 20 foizini masofadan ishlashlariga ruxsat berdi. Biroq, 2022-yilning aprelidayoq Google xodimlarining aksariyati haftada kamida uch kun ofisga kelib ishlashlari kerak edi.

Google sun’iy intellekt bozorida raqobat kuchaygan bir sharoitda Microsoft va OpenAI bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish uchun yangi siyosatni joriy qilmoqda. Bundan tashqari, Google rahbariyati xarajatlarni kamaytirishga harakat qilmoqda.

8-iyun kuni Google Nyu Yorkdagi xodimlariga Kanadada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari tutuni tufayli masofadan turib ishlashni buyurdi. Shuningdek, kompaniya rahbariyati mintaqaning ko‘plab hududlarida havo sifati xavfli darajaga yetganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring