Xitoy “sun’iy quyosh” yaratish tomon jiddiy qadam tashladi

Xitoy milliy yadroviy korporatsiyasi (CNNC) “sun’iy quyosh”, ya’ni yadroviy sintezning boshqariladigan reaksiyasi tomon jiddiy qadam tashladi.
Tokamak toifali HL-2A qurilmasi birinchi marta yaxshilangan ushlab turish rejimida (H-rejim) 1 mln amperdan yuqori kuchli tok plazmasini ishlab chiqdi.
Ushbu rejimda plazmaning sezilarli harorat va zichlik oshishiga erishish mumkin. Bu boshqariluvchi yadroviy sintez ishlab chiqishdagi muhim bosqich sanaladi va olimlarning fikricha, butun dunyoni xavfsiz, ekologik toza va deyarli cheklanmagan energiya bilan ta’minlash imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter