Wear OS operatsion tizimida ishlaydigan birinchi aqlli soat

Xiaomi Watch 2 Pro flagman aqlli soati rasman taqdim etildi. 269 yevro turadigan ushbu soat juda ko‘p funksiyalarga ega.
Bu Wear OS operatsion tizimida ishlaydigan birinchi Xiaomi aqlli soatidir. Yangi mahsulotning apparat asosini Qualcomm Snapdragon W5+ Gen 1 bir chipli tizimi tashkil etadi. Avtonomligi 495 mA/s batareya bilan ta’minlanadi. O‘rtacha yuklama bilan batareyaning ishlash muddati - 65 soatgacha.
Soat 1,43 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘lib, o‘lchamlari 466x466 piksel. 46 mm zanglamaydigan po‘latdan yasalgan korpus suvga chidamli. NFC, Wi-Fi, Bluetooth 5.2, ikki diapazonli GPS mavjud.
Funksiyalar qatorida uyqu monitoringi, stress darajasi, EKG, yurak urish tezligini kuzatishni topasiz. 150 dan ortiq sport rejimlari qo‘llab-quvvatlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter