Xiaomi arzon smartfonlar brendiga aylanmoqda

Xiaomining smartfonlar daromadi 13,27 foizga tushib, 5 milliard dollarni tashkil etdi. Miqdoriy jihatdan smartfonlar sotuvi 15,8 foizga qisqardi. Qiziq tomoni shundaki, foyda 33 foizga oshib, 658 million dollarga yetdi.
O‘rtacha sotish narxi ham biroz bo‘lsa-da, 148,8 dollardan 154,37 dollarga ko‘tarildi. Shunga qaramay, Xiaomi hamyonbop smartfonlar ishlab chiqaruvchisi bo‘lib qolmoqda.
Kompaniyaning ko‘rsatkichlari haqida gapiradigan bo‘lsak, daromad yil davomida 4 foizga kamaygan holda 9,2 milliard dollarga tenglashdi. Ammo operatsion foyda 133 foizga o‘sib, 555 million dollarni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter