Xiaomi 14 qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi o‘zining Xiaomi 14 seriyali flagman smartfonlarini ichki bozordan tashqariga chiqarishga tayyorlanmoqda. Kompaniya bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida aytib, bo‘lajak tadbir sanasi bilan tizerni e’lon qildi.
Tasvirga qaraganda, yangi mahsulotlarning global versiyalari 25-fevralda taqdim etiladi, lekin kompaniya qurilmalarning aniq vaqti va ro‘yxatini ko‘rsatmagan. Insayderlarning ta’kidlashicha, faqat ikkita: asosiy va yanada rivojlangan qurilma global versiyalarni oladi (bu Pro yoki Ultra modeli bo‘ladimi, hozircha noma’lum).
Seriyaning barcha vakillari Snapdragon 8 Gen 3 protsessorida qurilgan va ilg‘or mobil suratga olish imkoniyatlarini taklif etadi. Jahon bozori uchun o‘zgartirilgan smartfonlar narxi hali e’lon qilinmagan. Xitoyda Xiaomi 14 narxi 550 dollardan, Pro versiyasi esa xotira hajmiga qarab 700 dollardan boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter