Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xakerlar SpaceXni nima deb qo‘rqityapti?

Xakerlar SpaceXni nima deb qo‘rqityapti?

Foto: Suspilne.media

Lockbit xakerlik guruhi Maximum Industries ma’lumotlar bazasiga hujum uyushtirdi. Bu SpaceXga turli detallarni yetkazib beruvchi kompaniya hisoblanadi. O‘g‘irlangan ma’lumotlarning taxminan 3000 tasi SpaceX muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Xakerlar kompaniyadan pul talab qildi, aks holda qo‘lga kiritgan ma’lumotlarining barchasini 20 mart kuni oshkor etish bilan qo‘rqitdi. Ular ma’lumotlarni shunchaki chop etmaydilar, balki kim oshdi savdosi o‘tkazib, sotadilar.

Hozircha Ilon Mask korporatsiyasi xakerlarga chora ko‘rish bo‘yicha bir qarorga kelmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring