Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Wikipedia 2023-yilning eng ko‘p o‘qilgan maqolalari reytingini tuzdi

Wikipedia 2023-yilning eng ko‘p o‘qilgan maqolalari reytingini tuzdi

Foto: Mint

Wikipedia 2023-yilda eng ommalashgan maqolalar reytingini tuzdi. ChatGPT haqidagi maqola yakunlanayotgan yilda eng ko‘p — 49,5 mln marotaba o‘qilib, 1-o‘rinni band etdi.

Yetakchi beshlik quyidagicha:

  1. ChatGPT — 49,5 mln marta.
  2. 2023-yilda o‘limlar ko‘rsatkichi haqidagi maqola — 42,7 mln.
  3. Kriket bo‘yicha 2023 yilgi jahon chempionati — 38,2 mln.
  4. Hindiston premer-ligasi (professional kriket ligasi) — 32 mln.
  5. “Oppengeymer” (film) — 28,3 mln.
  • “O‘lim ko‘rsatkichlari” reytingga ikki marotaba: 2022-yil (4-o‘rin) va 2021-yil (1-o‘rin)da kirgan. 2023-yilda vafot etgan mashhurlar, jumladan,  Metyu Perri va Liza Meri Presliga bag‘ishlangan maqolalar ko‘p o‘qilgan.
  • Wikimedia jamg‘armasi 8 yil avval tuzishni boshlaganidan buyon, kriket haqidagi kontent 2023-yilda reytingga birinchi marta kirdi. Bu yilgi kriket bo‘yicha jahon chempionati yoritilgan maqola uchinchi o‘rinni, kriket haqidagi yana uchta maqola esa Wikipedia da eng ko‘p o‘qilgan 25 ta maqola qatoridan joy oldi. Ma’lumot o‘rnida: kriket — Hindiston va Pokiston singari aholisi juda ko‘p mamlakatlarda eng ommalashgan sport turi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring