WhatsApp’da yangi funksiya

WhatsApp ba’zi foydalanuvchilarga onlayn holatni yashirish imkonini beruvchi funksiya bilan yangilandi.
WABetaInfo resursiga ko‘ra, bu funksiya Android uchun messenjerning beta-versiyasida paydo bo‘lgan: foydalanuvchi kontaktlar orasidan onlayn holatni ko‘ra oladiganlarni tanlab, dasturdan yashirin rejimda foydalanishlari mumkin. iOS uchun WhatsApp versiyasida bu yangilik hali amalga oshirilmagan.
Avgust oyida Mark Sukerberg WhatsApp’ga uchta yangi funksiya qo‘shilishini e’lon qilgan edi: «jimlik» holatida guruh suhbatlarini tark etish, skrinshotlarni bloklash va «onlayn» holatni yashirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter