Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

VPN nima?

VPN "xususiy virtual tarmoq" bo‘lib, internet orqali bir yoki bir nechta tarmoq ulanishlarini ta’minlaydigan texnologiyalarning umumiy nomi.

VPN texnologiyasi nima uchun kerak bo‘ladi?

Foydalanuvchi biror saytga kirganida, uning harakati provayder serverida aks etadi va provayder uning internetdagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. VPN orqali kirilganida esa boshqa IP-manzil ko‘rsatilgani uchun foydalanuvchining qanday saytlarga kirganini aniqlab bo‘lmaydi.

VPN ayniqsa bepul Wi-Fi orqali internetga ulanib, keyin bank kartasi haqidagi ma’lumotlar o‘g‘irlanishidan aziyat chekadiganlar uchun nihoyatda foydali.

Shuningdek, VPN sizga horijiy resurslardan foydalanish imkoniyatini ham beradi.

VPN ham, proksi ham ma’lum darajada sizning IP manzilingiz va shaxsiy ma’lumotlaringizni yashiradi, ammo VPN faqat barcha ma’lumotlarni shifrlash imkoniyatiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring