Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

10 milliard marta ko‘rilgan video Ginnesning rekordlariga kiritildi

10 milliard marta ko‘rilgan video Ginnesning rekordlariga kiritildi

Foto: "Wikipedia"

YouTube tarmog‘iga video joylagan odam borki, ko‘proq ko‘ruv yig‘ishga intiladi. Rekord darajadagi natija esa bolalar uchun ishlangan “Baby Shark” videoklipiga nasib qildi.

Akula bolasi haqidagi bu video 2016 yil 18 iyun kuni taqdim etilgan edi. O‘tgan yil xulosalariga ko‘ra esa, 10 millirad marta ko‘rilgani aniqlanib, “Ginnesning rekordlar kitobi”dan joy oldi.

Yer yuzidagi aholi taxminan 7,8 milliardni tashkil etishini hisobga olganda, bu videoni dunyo bo‘ylab har bir internet foydalanuvchisi kamida bir marta ko‘rgan bo‘lib chiqmoqda.

Eng mashhur videorolik bolalarga taalluqli ekanidan qanday xulosalanish mumkin? Demak, internet auditoriyasining salmoqli qismi bolajonlardan iborat ekan-da!

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring