Videotranslyasiyalarni dipfeyklardan himoya qilish yo‘li topildi

Amerikalik olimlar videotranslyasiyalarni dipfeyk va boshqa xilda soxtalashtirishlardan himoya qilish tizimini ishlab chiqishdi.
Mutaxassislarning fikricha, ayrim hollarda video va audio fayllarning haqiqiyligini metama’lumotlar yordamida tasdiqlash mumkin. Biroq bu eng xavfsiz autentifikatsiya usuli emas, chunki bu turdagi ma’lumotlar o‘chiriladi. Shuningdek, u jonli efirlarni ommaviy yozib olish uchun unchalik mos emas.
“Biz duch keladigan katta muammo — ommaviy nutq yoki matbuot anjumani kabi jonli tadbirlarda sodir bo‘ladigan voqealar. Tomoshabinlardan kimdir nutqning videosini yozib olishi va uni istalgan joyga yuklashi mumkin. O‘z navbatida, yomon niyatli odamlarga tarqatilishi ehtimoli bor”, — dedi tadqiqotchilardan biri, informatika kafedrasi dotsenti Nirupam Roy.
Ushbu muammoni hal qilish uchun Roy va uning jamoasi TalkLock tizimini yaratdi, u jamoat arbobi imijining haqiqiyligini himoya qila oladigan QR kod taqdim etadi. Kod jonli efir yozuvi turli formatlarda joylashtirilgan, ijtimoiy tarmoqlarga yuklangan yoki televizorda ko‘rsatilgan bo‘lsa ham tekshirish imkonini beradi. Bu esa global tarmoqdagi tuhmat va dezinformatsiyaga qarshi kurashda yordamchidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter