Vibrobatareya kelajak gadjetlariga o‘rnatiladi

Melburndagi RMIT universiteti muhandislari vibrobatareya ixtiro qilishdi. U MXene-batareya, deb ataladi.
Ilk sinovdan keyin akkumulyatorga ultratovush to‘lqinlari ishlab chiqaradigan datchik ulashdi. Datchikni yoqib, sinovni takrorlashdi. Ixtiro mualliflarining aytishlaricha, bu texnologiyani har qanday gadjet - smartfon, noutbuk, aqlli uy qurilmalariga ulash mumkin.
Akkumulyatorning kamchiliklari ham bor. Masalan, u har bir quvvatlanishdan keyin sig‘imini yo‘qotib boradi, chunki uning sig‘imi cheklangan. Shuningdek, tashqi ta’sirlarga bardoshsiz.
Vibrobatareya kelajak gadjetlariga qo‘llanilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter