Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirliklar va elektron tijorat vakillari ochiq muloqot qilishdi

Vazirliklar va elektron tijorat vakillari ochiq muloqot qilishdi

Foto: Digital.uz

25-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligining tashabbusi bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligida O‘zbekiston elektron tijorat bozorining yirik ishtirokchilari — Uzum market, ZoodMall Uzbekistan va Wildberries Uzbekistan vakillari bilan ochiq davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijro apparati rahbari Nodir Ahmadjonov, Uzum market bosh direktori Ilshat Xametov, ZoodMall Uzbekistan bosh direktori Jahongir Usmonov, Wildberries Uzbekistan direktori o‘rinbosari Sardor Qodirov, Raqamli texnologiyalar vazirligining mas’ul xodimlari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq va Bojxona qo‘mitalari vakillari ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvda elektron tijorat sohasini rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalar muhokama qilindi.

Elektron tijorat bozorining ishtirokchilari bugungi kunda o‘z faoliyati davomida duch kelayotgan muammolarga to‘xtalib o‘tishdi va sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

Shuningdek, Soliq va Bojxona qo‘mitalari vakillari sohani rivojlantirish yo‘lida elektron tijorat subyektlari bilan hamkorlikda ishlashga va mavjud muammolarni bartaraf etishda ochiq muloqotga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar elektron tijorat sohasini rivojlantirish borasida hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring