Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UZTELECOM jamoasi — voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi-2023” g‘olibi!

UZTELECOM jamoasi — voleybol bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi-2023” g‘olibi!

Foto: “O‘zbektelekom” AK axborot xizmati

Joriy yilning 10–18-dekabr kunlari O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamkorligida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “O‘zbekiston kubogi-2023” musobaqasi o‘tkazildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Sportning voleybol turi bo‘yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan idora va tashkilotlar xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi-2023” musobaqasi ham ayni shu maqsad yo‘lidagi tashabbuslarning davomi bo‘ldi.

Jamoalar uchun dastlabki saralash bellashuvlaridan o‘tish va keyingi bosqichlarga yo‘llanmani qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi. Biroq sport qoidalariga asosan, har doimgidek epchil va shijoatlilar o‘zlarini namoyon etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Dastlabki bellashuvlarda raqib jamoalarga imkoniyat qoldirmagan “O‘zbektelekom” AKning UZTELECOM va Ichki ishlar vazirligining Road patrul jamoalari musobaqaning finalida kuch sinashdi.

Hayajonli lahzalarga boy va murosasiz kechgan bahslar yakunida UZTELECOM jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

UZTELECOM jamoasini g‘alaba bilan tabriklab, keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring