Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi elektro minivenni kutib oling

Yangi elektro minivenni kutib oling

"techcrunch.com"

Xabarning audio talqini

Bu haydovchilar uchun emas, yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan mashina.Uning bosh va oyoq bo‘shliqlari ko‘p, deya qayd etadi TechCrunch.

Alphabetning avtonom avtomobillar texnologiyasi bo‘yicha sho‘ba korxonasi Waymo Xitoyning Geely avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlik qildi.

Kompaniyalar Waymo avtonom haydash tizimi Waymo Driverni Geely  Zeekr avtomobillariga integratsiya qilmoqda. Avtomobillar Shvetsiyada ishlab chiqiladi va Geely Shvetsiyaning Volvo avtomobil ishlab chiqaruvchisiga egalik qiladi. Keyin ular AQShga jo‘natiladi va Waymo ularni uchuvchisiz robot taksilar parkiga qo‘shib, AQSh bozorida ishlatadi.

Elektr minivenida rul yoki pedallar bo‘lmaydi, balki uning o‘rniga sayohatning borishini kuzatib borish uchun ekran o‘rnatiladi.

Mashina tekis va past qavatga ega bo‘lib, o‘rtada qulay kirish va chiqish uchun eshik ustuni yo‘q.  Salonda boshqa ekranlar, shuningdek, qo‘l uzunligida zaryadlovchi qurilmalar o‘rnatilgan. Nashrning qayd etishicha, bu haydovchilar uchun emas, yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan mashina.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring