Twitter logotipini sotdi

San-Fransiskoda joylashgan Twitter ofisining bir qancha buyumlari kimoshdi savdosida sotildi. Ular qatorida ko‘k qushcha ramzidan qilingan katta logotip ham bo‘lib, 100 ming dollarga ketdi.
Kimoshdi savdosi Heritage Global Partners auksion uyi tomonidan o‘tkazildi. Buyumlarini sotishdan maqsad bosh ofis ijarasi uchun yetarli mablag‘ topish ekan. O‘tgan oy kompaniya 135 ming dollar ijara haqini to‘lamagani uchun sudga berilgandi.
Lekin bu gapga ishonmayotganlar ham bor. Chunki bir-ikkita kompyuter, televizor, stol-stul va logotipdan olamshumul miqdorda pul topib bo‘lmaydi. Bu Ilon Maskning navbatdagi antiqa piari bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter