Toyota birinchi bo‘lib o‘zi boshqariladigan taksini ishga tushirdi
Joriy yilning yozida Toyota Yaponiyada muayyan sharoitlarda inson aralashuvisiz ishlay oladigan L4 avtonom avtomibilni ishga tushiradi.
Ular mamlakatdagi birinchi L4 avtomashina bo‘lishi kutilmoqda.
Xizmat dastlab bepul xizmatlarni taqdim etadi va 2025-yilda shahar markazigacha kengaytirilgandan so‘ng, to‘lovlarni olishni boshlaydi. Bu Yaponiyada birinchi marta avtonom haydash xizmatlari muntazam magistrallarda taqdim etilishi kutilmoqda.
Avtomobillar Toyota Sienna negizida ishlab chiqarilgan bo‘lib, yo‘l va atrof-muhit sharoitlarini kuzatish va xavflarni bashorat qilish uchun sensorlar va sun’iy intellekt tizimlari bilan jihozlangan. Dastlab, xavfsizlik nuqtai nazaridan, haydovchi rulda bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter