Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketgan AyTichi o‘zi o‘qigan sinf xonasini yangilab berdi

Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketgan AyTichi o‘zi o‘qigan sinf xonasini yangilab berdi

Foto: Xabar.uz

Shofirkon tumanidagi 55-IDUMning sobiq bitiruvchisi Shahzod Magdiyev bir paytlar o‘zi o‘qigan sinf xonasini ta’mirlab, jihozlab berdi.

Sinf xonasiga partalar va o‘rindiqlar, kitoblar va kitob javonlari, elektron doska keltirildi. Hammasi yangi, hammayoq shinam.

Ushbu tuhfa o‘quvchilarning, zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘la foydalangan holda, yanada yaxshiroq bilim olishlariga, boshqalarga esa ibrat bo‘lishiga ishonamiz.

Ma’lumot uchun: Shahzod Magdiyev 1988-yilning 4-martida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bakalavriat va magistratura bosqichini tamomlagan, universitetda o‘zi ham tahsil bergan. IT mutaxassislar yetkazib beruvchi ILM.UZ akademiyasining asoschisi hisoblanadi.

Xullas, u Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketgan zamondoshimiz. Qanday qilib? Videoni ko‘ring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring