Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi Amiti universitetida «IT Girls» tadbiri bo‘lib o‘tdi (Foto)

Toshkentdagi Amiti universitetida «IT Girls» tadbiri bo‘lib o‘tdi (Foto)

Foto: Amiti universiteti

So‘nggi yillarda Respublikamizda ingliz tilini chuqur biladigan yoshlar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. AKT sohasi eng tez o‘zgaruvchan sohalardan biri bo‘lib, yangi texnologiyalar va eng so‘nggi manbalar ingliz tilida yetkazib berilmoqda. Bu sohada kuchli mutaxassis bo‘lish uchun ingliz tilini yuqori darajada bilish talab etiladi.

Ushbu seminarda, universitet bitiruvchilari va «Albison.uz» kompaniyasi ta’sischilari tomonidan IT sohasida o‘z mahoratini oshirish istagida bo‘lgan barcha qizlar uchun tadbir tashkil etildi.

Seminarda IT-Park vakillari ishtirok etishdi. Ular qizlar uchun IT sohasida rivojlanish imkoniyatlari, shuningdek, Tumaris Tech loyihasi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.

Bu kursda hozirda 80 nafar ayol-qiz ishtirok etib, kurslar Amiti universitetida bo‘lib o‘tadi va mutlaqo bepul!

Mazkur kursning asosiy maqsad va vazifalari qizlar va ayollarga zamonaviy texnologiyalar haqida bilim berish, ularning kompyuter savodxonligini oshirish, mobil ilovalar va veb-saytlar yaratish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat.

O‘quv kursi natijasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalarga sertifikatlar topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring