Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellekt qaysi tilda “o‘ylaydi”?

Sun’iy intellekt qaysi tilda “o‘ylaydi”?

Foto: Pixabay

Chat-botlar asoslangan katta til modellari (LLM), ularga savollar hatto boshqa tillarda berilsa ham, ingliz tilida “o‘ylaydi” — bu haqda New Scientist nashri Lozanna federal politexnika maktabi olimlari tadqiqotiga asoslanib xabar berdi. Savollarga javob topishda LLM aynan qaysi tildan foydalanishini aniqlash maqsadida olimlar Meta kompaniyasi Llama 2 modelining uchta talqinini o‘rganishdi.

Tadqiqotchilardan birining aytishicha, ular bu modellarni ochib, har bir qatlamini o‘rganishdi. Ma’lum qilinishicha, sun’iy intellekt modellari bir necha qatlamdan iborat bo‘lib, har biri so‘rovga ishlov berishning ma’lum bosqichiga javob beradi: biri yozma ko‘rsatmalarni tokenlarga o‘girsa, boshqasi yakunda javob berish uchun har bir tokenni kontekstlaydi.

Demak, modellarga xitoy, fransuz, nemis va rus tillarida uch toifali so‘rovlar berildi. Bittasida berilgan so‘zni takrorlash, ikkinchisida inglizcha bo‘lmagan tildan boshqasiga tarjima qilish, uchinchi topshiriqda esa gapdagi bo‘shliq (probel) o‘rnini so‘z bilan to‘ldirish so‘raldi, masalan: “— futbol va basketbol kabi sport turlarida foydalaniladi”.

So‘rovlarga javob topish uchun LLM o‘tadigan jarayonlarni kuzatgan tadqiqotchilar bir jihatga guvoh bo‘lishdi: qatlamlar orqali o‘tuvchi ishlanish yo‘li doim ular inglizcha nimkenglik deb atovchi joydan o‘tarkan. Ya’ni modeldan xitoychadan ruschaga tarjima qilish so‘ralsa, ruscha simvollar rus tiliga o‘girilishdan avval o‘sha inglizcha nimkenglikdan o‘tadi. O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, til modellari so‘rovning mohiyatini tushunib olish uchun ingliz tilidan foydalanadi.

Bu holat olimlarni tashvishga solib qo‘ydi, modelni tilni tahlillashga o‘rgatishda ingliz tilidan vositachi sifatida foydalanish bu bilan bog‘liq dunyoqarash cheklovlarini boshqa lingvistik va madaniy tafovut qiluvchi mintaqalarga tatbiq etilish xavfini tug‘diradi.

“Agar ingliz tili tizimlar so‘rovlarni ishlovchi asosiy tilga aylansa, biz katta ehtimol bilan faqat boshqa tillarda baholash mumkin bo‘lgan konsepsiya va nyuanslardan mahrum bo‘lamiz”, — dedi Oksford universiteti olimi Karissa Veliz.

Aliya Bxatiya (Vashingtondagi demokratiya va texnologiyalar markazi, AQSh) esa butun dunyoda ishlatilayotgan anglotsentrik qadriyatlarga qurilgan generativ sun’iy intellektlarda kodlashning yanada fundamental xatarlari mavjudligidan ogohlantirmoqda. “Agar model o‘zi o‘rgatilmagan tilda matnni generatsiyalashda qo‘llanilsa, bu madaniy norelevant gallyusinatsiyalarga olib kelishi mumkin, mabodo modeldan anglotsentrik jamiyat bilan chiqishmaydigan jamiyat boshpana topishda maslahat so‘rasa, model inson va xavfsizlik imkoniyati o‘rtasida to‘siqqa aylanishi mumkin”, — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring