Toshkentda “Muhandislik sinfi” loyihasi ochildi

“Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki” (Cyber Park) va uning rezidenti “DREAMTECH” MChJ bilan birgalikda Toshkentda “Muhandislik sinfiʼʼ qo‘shma loyihasi ishga tushirildi.
Hozirgi vaqtda IT sohasi iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Raqamlashtirishga qaratilgan global tendensiya va robototexnika va raqamli mahsulotlarning hayotimizga tobora kirib borishi mehnat bozorini jadal rivojlanishiga, tobora ko‘proq va yangi kasblarni yaralishiga sabab bo‘lmoqda. Mehnat bozori mantiqan ilm-fandagi yangiliklar, texnika taraqqiyoti va yangi iste’molchilar talablarining paydo bo‘lishiga muvofiq shakllanadi.
“Muhandislik sinfi” loyihasi Rossiyaning axborot texnologiyalarida yechimlar ishlab chiqaruvchi Omega kompaniyasining ilg‘or tajribalaridan foydalanib, Rossiyaning yetakchi o‘quv uskunalar ishlab chiqaruvchilarini ta’limda axborot texnologiya mahsulotlaridan foydalangan holda maktab o‘quvchilarining raqamli kompetensiyalari va muhandislik-texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyihaning uzoq muddatli maqsadi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yuqori mahsuldor eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarini zamon talablariga mos kasbiy kompetensiyalarga ega malakali kadrlar bilan ta’minlashdan iborat.
Oliy Majlis deputatlari, tegishli idora va muassasalar, oliy o‘quv yurtlari va nodavlat ta’lim markazlari vakillari ishtirok etgan “O‘quv robototexnikasida innovatsion yechimlar” mavzusidagi davra suhbati doirasida “Muhandislik sinfi” loyihasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilarining ta’kidlashicha, ilg‘or muhandislik maktablarining paydo bo‘lishi ta’lim dasturlari va ish beruvchilar talablari o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishi, zamon talabiga mos jihozlangan ilmiy-ma’rifiy sinflar va laboratoriyalar yaratish, modellashtirish va robototexnikani rivojlantirish imkonini beradi. Ko‘p bosqichli amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti maktab o‘quvchilari uchun yuqori sifatli qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirib, keng ko‘lamli dasturlar bo‘yicha ijodiy va tadqiqot loyihalarini o‘zlari amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun bugungi kunda shaxsiy rivojlanish traektoriyasini malakali qurish kerak. Shu o‘rinda tadbir doirasida ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun mahorat darslari o‘tkazildi.
Yosh avlod vakillari uchun boy madaniy-ma’rifiy dastur ham tashkillashtirildi. Zavqli hordiq chiqarishlari uchun maxsus tayyorlangan yashil hudud maktab o‘quvchilarida katta qiziqish uyg‘otib bo‘lajak muhandislarga robotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari ko‘rgazmasi bilan tanishish, robotlarni dasturlash bo‘yicha mahorat darslarida qatnashish, vodorod bilan ishlaydigan avtomobillar poygalari va sumo robotlari musobaqalarini tomosha qilish imkoniyatini berdi. O‘tkazilgan tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ijodkor yoshlar orasidan eng ilg‘or vakillariga “Cyber Science” Rivojlanish markazida o‘qish uchun sertifikatlar topshirildi. Bolalar uchun tuzalgan mazzali dasturxon va Toshkent shahrining qoq markazida havo sharida sayr qilish imkoniyati “Muhandislik sinfi” loyihasining tantanali ochilish marosimi ishtirokchilarining xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Tadbir Cyber Park kompaniyasi hamda “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter