Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreyaga tashrifi doirasida Janubiy Koreyaning Inha universiteti prezidenti Myong Vu Cho hamda Inha universiteti Gospitali prezidenti, professor Li Tak bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda yangi kurslar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, universitetlar o‘rtasida munosabatlarni davom ettirish uchun qulay sharoitlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, universitet talabalariga sifatli ta’lim berish orqali jahon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash, texnologiya, ilmiy tadqiqot va IT ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatini keyingi 5 yilda yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter