“Toshiba” kompaniyasi sotuvga qo‘yildi

Yaponiyaning “Toshiba” kompaniyasi investorlar va homiylardan biznesni qayta qurish, shu jumladan sotish va xususiylashtirish bo‘yicha takliflar bilan arizalar yig‘ish boshlanganini e’lon qildi. Arizalar shu yilning iyun oyiga qadar qabul qilinadi.
Kompaniyaning sotilishi haqidagi e’lon uning Tokio fond birjasidagi qimmatli qog‘ozlari qiymatining 5 foizga oshishiga olib keldi.
So‘nggi o‘n yil ichida “Toshiba” bir necha bor muzokaralar markazida bo‘ldi. 2015-yilda bosh direktor Xisao Tanaka kompaniyaning moliyaviy mablag‘larini 1,2 milliard dollarga oshirib yuborgani uchun kompaniyani tark etdi. 2017-yilda kompaniya “Westinghouse Electric”ning AQShdagi filiali bilan bog‘liq nizolar sabab qayta tashkil etilishini e’lon qildi. Keyin esa kompaniya biznesni to‘rtta alohida kompaniyaga bo‘lishni rejalashtirdi. Biroq bu aksiyadorlarga yoqmadi. Ular butun kompaniyani sotib oladigan investor topishni talab qilishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter