Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshiba ilk yuqori voltli litiy akkumulyatorni chiqardi

Toshiba ilk yuqori voltli litiy akkumulyatorni chiqardi

5 voltli litiy elementi prototipi.

Foto: Toshiba

Yaponiyaning Toshiba kompaniyasi litiyli akkumulyatorlar chiqaruvchi peshqadamlar sirasiga kirmaydi, shunga qaramasdan, yuqori voltli litiyli akkumulyatorlar sohasi kashshofiga aylanishi mumkin.

Bugun, 5 dekabr kuni kompaniya taqdim etgan shu turdagi batareya prototipi 5 volt (V) kuchlanish va 1,5 Amper/soat sig‘imga ega bo‘lib, tezkor quvvatlashni qo‘llaydi. Akkumulyator quvvatlanish/quvvatsizlanishning 6000 sikliga ega.

Bu toifa akkumulyatorlar kelgusida elektr qurilmalar va elektromobillarni juda kuchli muqobil ishlash vositasi bilan ta’minlanishi mumkin.

Hozir foydalanuvdagi litiyli akkumulyatorlarning ishchi kuchlanishi 4 voltdan past. Litiyli batareyalar ixtiro qilinganidan buyon ulardagi kuchlanishni oshirish kun tartibidan tushgan emas.

Toshibaning yangi inqilobiy akkumulyatori juda kam nikel ishlatilgan va kobaltsiz katodga qurilgan. Anod esa niobiy-titan oksidi(NTO)dan tayyorlangan. Yuqori voltli litiyli akkumulyatorlar yaratishga to‘sqinlik qilib kelgan asosiy narsa — akkumulyatorda gazning hosil bo‘lishi edi, yaponlar katodlarni ishlab chiqarishda shu jihatni hisobga olishdi.

Akkumulyator prototipi yedirilishga juda chidamli ekani bilan ham tahsinga loyiq — 6000 sikl to‘liq quvvatlanganida ham sig‘imini juda kam yo‘qotadi.

“Sinovlar chog‘i batareya 3 voltdan yuqori kuchlanish, 5 daqiqada 80 foizgacha quvvatlanish, yuqori kuch ko‘rsatkichlari, hatto  60 ℃ haroratda ham a’lo xizmat muddati xususiyatlarini namoyon etdi”, — deyiladi Toshiba xabarida.

Kompaniya aniqlik kiritishicha, elektromobillar uchun hozir ko‘rsatilgan prototipga nisbatan ancha katta akkumlyatorlar ishlab chiqariladi. Biroq ular sotuvda pado bo‘lishi uchun kamida 2028-yilni kutishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring