O‘yinlar sanoatini ikki og‘ir yil kutmoqda
O‘yinlar chiqaruvchi kompaniyalarning top-menejerlari 2024 va 2025-yillardan nimalarni kutishayotganini GamesIndustry nashriga ma’lum qilishdi. Qisqasini aytganda, quvonishga sabab yo‘q: sanoat og‘ir davrga qadam qo‘ymoqda.
Investorlar videoo‘yinlar ishlab chiqarishga pul kiritishga ishonchsizlik bilan qarashmoqda, kreditlar bo‘yicha yuqori stavkalar xarajatlarga bosim o‘tkazmoqda. O‘z navbatida, ushbu xatarni zararini qoplash uchun, o‘yinlar ishlab chiqaruvchilar o‘yinlarning narxini oshira olmaydilar.
Bundan tashqari, o‘yinlar bozori to‘lib ketgani ham kompaniyalarni xavotirga solmoqda: 2020 va 2021-yillarda haddan ziyod ko‘p o‘yinlar paydo bo‘ldi. Shu bois, ko‘plab yangi loyihalarni hozircha muzlatib turgan holda, kompaniyalar pandemiyagacha bo‘lgan darajaga chiqib olishmoqchi. Ta’kidlanishicha, yangi relizlar nafaqat aktual taytlar, balki bek-kataloglar bilan raqobatlashishga majbur, chunki zamonaviy o‘yinlar ko‘plab soatlarni ichiga oluvchi bosqichlardan iborat, qolaversa, kontentni uzoq ushlab turuvchi o‘yin servisi modeli ommalashib bormoqda.
Nomi aytilmagan kompaniyalardan birining top-menejeri fikriga ko‘ra, 2023 yildagi ishdan bo‘shatishlar bu hali xamir uchidan patir. 2024-yil yopilishlar yili bo‘ladi: nafaqat ishlab chiqarish studiyalari, balki butun boshli nashrlar inqiroz ko‘chasiga kirishi mumkin.
Biroq ikki yillar davom etuvchi inqirozdan so‘ng o‘yin sanoatidan yana o‘sish boshlanadi, pasayish vaqtincha, sanoatga uzoq muddatli sarmoyalar kiritish jarayoni esa davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter