Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tongyi Qianwen. Bu - xitoycha ChatGPT

Tongyi Qianwen. Bu - xitoycha ChatGPT

Foto: Cloudbooklet

Ko‘pgina Xitoy kompaniyalari sun’iy intellekt sohasida o‘z loyihalarini ishlab chiqmoqda. Masalan, mamlakatning texnologik giganti va elektron tijorat yetakchisi Alibaba yirik sun’iy intellekt tili modelini ochayotganini e’lon qildi.

Tongyi Qianwen deb nomlanuvchi model OpenAI kompaniyasiga tegishli ChatGPT texnologik platformasining muqobili sifatida ishlab chiqilgan. U xitoy va ingliz tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Alibaba hozirda umumiy foydalanuvchi tajribasi, korporativ aloqa, ovozli yordamchilar, qidiruv kabilar ustida ishlamoqda. Til modeli to‘liq tayyor bo‘lganida, undan ishlab chiqaruvchilar va korporativ foydalanuvchilar qo‘llashlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring