Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TikTok o‘zining Tako nomli chatbotini sinab ko‘rishni boshladi

TikTok o‘zining Tako nomli chatbotini sinab ko‘rishni boshladi

Foto: Shutterstock

TikTok ijtimoiy tarmog‘i o‘zining Tako nomli chatbotini sinovdan o‘tkazishni boshladi. U TikTok interfeysining o‘ng tomonida, foydalanuvchi profili, layk  va izoh belgilarining tepasida paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar TikTokga video haqida turli savollar berishi yoki tavsiya so‘rashlari mumkin bo‘ladi.

Masalan, qirol Charlzning toj kiyish marosimi haqidagi videoni tomosha qilayotganda, Takodan ushbu voqeaning ahamiyati nimada ekanligini so‘rash mumkin, u katta ehtimol bilan qisqacha tarixiy ma’lumot beradi. Tako shuningdek, uy hayvonlari uchun kulgili videolar kabi ma’lum bir mavzu bo‘yicha videolarni taklif qilishni so‘rash mumkin. Bot sarlavha va mualliflar bilan natijalar ro‘yxati bilan javob beradi.

Tako birinchi marta ishga tushirilganda, TikTok foydalanuvchilarni bot hozircha "eksperimental" deb hisoblanishi va uning sharhlari "noto‘g‘ri bo‘lishi mumkinligi" haqida ogohlantiradi. Kompaniya, shuningdek, chatbotdan tibbiy, yuridik yoki moliyaviy maslahatlarga tayanmaslik kerakligini ta’kidlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring