Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez quvvatlanadigan 127 dollarlik iPhone kerakmasmi?

Tez quvvatlanadigan 127 dollarlik iPhone kerakmasmi?

Foto: 4pda.to

Realme kompaniyasi Mini Capsule funksiyasiga ega smartfonning texnik xususiyatlari va narxi haqidagi uzoq kutilgan yangiliklarni oshkor qildi.

Hamyonbop smartfon yupqa korpus, keng sig‘imli akkumulyator, 1600x720 pikselli va 90 Gs yangilanish tezligiga ega 6,7 dyuymli IPS displeyi bilan qimmatbaho iPhone dizaynini yarata olgan.

8 megapikselli old kamera, 50 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan uskuna platformasi Mali-G57 "plug-in" va 4 GB LPDDR4X operativ xotiraga ega Unisos T612 protsessoridan iborat.

Ichki xotira hajmi 64 GB (2 TB gacha microSD ham qo‘llab-quvvatlanadi). Qurilmaning yon tomonida qulfdan chiqarish uchun barmoq izlari skaneri ham mavjud.

Shuningdek, u 33 Vt SUPERVOOC tez quvvatlantirish texnologiyasi asosida ishlaydigan 5000 mA / soat akkumulyator bilan jihozlangan.

167,2 x 76,7 x 7,99 mm o‘lchamga ega smartfonning og‘irligi 186 gramm. Realme C51 ertaga, 25-iyul kuni 127 dollardan sotuvga chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring