Realme va Rolex hamkorligi: Ular smartfon ishlab chiqaryaptilarmi yoki soat?
Realme yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda mashhur Shveysariyaning premium soatlar ishlab chiqaruvchisi Rolex bilan hamkorlik o‘rnatdi. Bu seriyaga Realme 12 Pro Rolex Edition kirishi kutilmoqda.
Realme 12 Pro va 12 Pro+ smartfoni kamerasi soat gardishiga o‘xshash dizaynda ishlab chiqariladi. Smartfonlar 2412×1080 pikselli 6,7 dyuymli OLED-displey bilan jihozlangan.
Protsessorlarning nomlari ko‘rsatilmagan. Operativ xotira hajmi 16 Gbgacha, flesh-xotira sig‘imi 1 TBgacha. Smartfonlar 5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyator oladi. Har ikkala model ham periskop kamera mavjud bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter