Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Realme 200 millioninchi smartfonini sotdi

Realme 200 millioninchi smartfonini sotdi

Foto: Trashbox

Xitoyning Realme kompaniyasi 200 millioninchi smartfoni sotgani haqida Reuters xabar berdi.

Bu marra kompaniya tashkil etilganidan 5 yil o‘tib zabt etildi. Realme kompaniyasi, Oppo va Vivo qatorida, Xitoyning BBK Electronics korporatsiyasiga tegishlidir.

Counterpoint Research agentligi ma’lumot berishicha, bozorga 200 millionta smartfonni o‘tkazishni faqat Vivo, Huawei, Samsung va Apple Realmedan tezroq uddalagan. 2023-yil yakunlanishi arafasida jahon bo‘yicha smartfonlar ishlab chiqaruvchi 14 ta brend tomonidan sotilgan qurilmalar soni 200 milliontadan oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring