Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Texnika ishlashi, odamlar o‘ylashi kerak

Texnika ishlashi, odamlar o‘ylashi kerak

Mehnati texnikaga yuklangan odam tejalgan vaqti hisobiga ko‘proq fikrlashi, turli g‘oyalarni amalga oshirishi, rejalar tuzishi mumkin.

Bundan buyog‘iga elektron hukumat yashash tarzimizni qulaylashtirish barobarida "Texnika ishlashi, odamlar o‘ylashi kerak" degan tamoyilni hayotimizga tatbiq etishga ham yordam beradi.

Masalan, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish orqali uyda yoki ishxonada o‘tirgan joyingizda:

- Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini soliq organlariga hisobga qo‘yasiz.

- O‘zingizga tegishli yer uchastkalarini xususiylashtirasiz.

- Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirasiz.

- Turarjoyda doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma olasiz.

- Yo‘qolgan va yaroqsiz holga kelgan diplom va shahodatnoma dublikatini olasiz.

- Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirasiz.

- Oila ma’lumotlarini tahrirlash uchun ariza yuborasiz.

- Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olasiz.

Va bu hammasi emas. Qog‘ozbozlik va yugur-yugur bilan bitadigan har qanday davlat xizmati bo‘yicha my.gov.uz portaliga onlayn murojaat qilib ko‘ring. Yuqori ehtimol bilan ishingiz, albatta, bitadi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring