Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terrorizmga qarshi kurashda yangi texnologiyalardan foydalanish

25-26 sentyabr kunlari Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining kiberxavfsizlik va yangi texnologiyalar bo‘yicha global dasturi doirasida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar “Inson huquqlariga rioya qilgan holda terrorizmga qarshi kurashda yangi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha milliy aksilterror chora-tadbirlarini ishlab chiqish” mavzusiga qaratilgan bo‘lib, tadbir tashkilotchilari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi ishirok etdi.

Ushbu mintaqaviy seminar Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida UNOCT-BMT aksilterror markazi va INTERPOL o‘rtasidagi qo‘shma tashabbus bo‘lgan CT TECH (Kiberterrorizm va yangi texnologiyalar dasturi) bilimlarni rivojlantirish bosqichining bir qismi hisoblanadi. Mintaqaviy seminardan ko‘zlangan maqsad inson huquqlariga rioya qilgan va qonun ustuvorligini ta’minlagan holda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha milliy chora-tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlarning terrorizmga qarshi kurashda yangi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan ilg‘or tajribalar haqida xabardorlikni oshirish va tajriba almashishdan iborat.

Toshkentdagi mintaqaviy seminarda terrorizmga qarshi kurashish sohasida faoliyat yuritadigan vakolatli 50 dan ortiq milliy vakillar – hukumat va qonun chiqaruvchi tuzilmalar, terrorizmga qarshi kurash idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jinoyat adliya idoralari vakillari – Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistondan shuningdek, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va ta’lim muassasalari vakillari jamlanishi rejalashtirilgan.

Shu nuqtai nazardan seminarda terrorizmga qarshi kurashda yangi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha xavf tahlillarini amalga oshirish, terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, xususiy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompaniyalari bilan hamkorlikni oshirish va raqamli dalillarni yig‘ish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ko‘rib chiqiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Bosh Assambleya Global aksilterror strategiyasining (A/RES/75/291) sakkizinchi taqdimotida UNOCTdan a’zo davlatlarning muammolarni hal qilish va muammolarni bartaraf etish salohiyatini oshirish uchun innovatsion choralar va yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashni, terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish doirasida yangi texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanishga e’tibor qaratiladi.

Seminar, ishtirokchilarning xabardorligini oshirish va yangi bilimlarni egallash, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga amal qilgan holda terrorizmga qarshi kurashish doirasida yangi texnologiyalar keltirib chiqaradigan muammolar va imkoniyatlarga oid yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash va qo‘llashga qaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring