Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda yangi IT-akademiya ochildi

Termizda yangi IT-akademiya ochildi

Termiz shahrida zamonaviy “Joylinks” IT-akademiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yoshlar, jamoatchilik faollari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

IT-akademiya bir vaqtning o‘zida 200 dan ortiq o‘quvchiga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu yerda 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Akademiya eng so‘nggi texnika va innovatsion qurilmalar bilan jihozlangan.

Dasturlash, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim olgan yoshlar kelgusida yuqori maoshli ish o‘rinlariga ega bo‘lishadi, startaplar tashkil etishlari va xalqaro IT bozorida muvaffaqiyat qozonishlari mumkin.

IT-akademiyada quyidagi kurslar yo‘lga qo‘yiladi:

– Robototexnika

– Kompyuter savodxonligi

– Web dasturlash

– Grafik dizayn

– Motion grafika 

– SMM

– Ingliz tili 

– Foundation dasturlash

Zamonaviy texnologiyalarni o‘rganib, kelajak kasblarini egallashni istagan yoshlarni “Joylinks” IT-akademiyasiga taklif qilamiz. Keling, o‘qing, bilim oling va yuqori daromadga ega bo‘ling. Orzularingiz sari birinchi qadamni bugun qo‘ying!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring