Startup Garagening navbatdagi filiali Surxondaryoning Termiz shahrida ochildi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Startup Garage filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda sohaga qiziquvchi yoshlar qatnashishdi.
Tadbir davomida qatnashchilar Startup Garagening qanday imkoniyatlarni bera olishi haqida to‘liq ma’lumot olishdi.
Tadbirning ikkinchi qismida, AloqaVentures vakillari sohaga qiziqqan yoshlarga startap haqida to‘liq ma’lumot berib, venchur fond startaplarga investitsiya ajratish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbirdan so‘ng Surxondaryolik 16 nafar yosh startapchilar soha ekspertlariga o‘z loyihalarini taqdimot qilishdi va shulardan 3 nafar startap Garage portfoliosiga qo‘shildi.
Endi innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq qilish uchun Surxondaryolik startapchilar Startup Garagega bemalol murojaat qilishlari mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter