Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram Premium obunachilari soni 4 million nafardan oshdi.

Telegram Premium obunachilari soni 4 million nafardan oshdi.

Foto: Gadgets 360

Telegram Premium obunachilari soni 4 million nafardan oshdi. Bu haqda Telegram Messenger Inc. asoschisi, dasturchi va tadbirkor Pavel Durov o‘zining ingliz tilidagi rasmiy telegram-kanalida ma’lum qildi.

Oxirgi besh oyda messenjerdan pulli foydalanuvchilar soni ikki baravar, so‘nggi bir yil mobaynida to‘rt karra ko‘paydi, deb yozdi Durov. Kecha, 8-dekabr kuni Telegram Premium obunachilari soni 4 millionlik dovondan oshgan.

“Ishga tushirilganiga bir yarim yildan kam vaqt o‘tgan Telegram Premium xabarlar almashuvchi ilovalar tarixida eng tez o‘sgan pulli obunaga aylandi”, — deb yozdi tadbirkor.

Durov Telegramdan pulli foydalanuvchilarga minnatdorlik bildirib, messenjerga har oy yangi funksiyalar qo‘shib borilayotganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring