Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’lim jarayonida innovatsion yechimlar

Ta’lim jarayonida innovatsion yechimlar

Bugun «ICT WEEK UZBEKISTAN - 2022» doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘shma tashabbuslarni, loyiha va tadbirlarni jadal joriy etishni ta’minlash maqsadida «Ta’lim sohasini raqamli o‘zgartirish platformalari va xizmatlari» mavzusidagi «Xalqaro raqamli rivojlanish» tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.


Umuman olganda, «Raqamli rivojlanish» tadbirlari – mamlakat yoki muayyan hududda mavjud raqamli transformatsiya strategiyalarini har tomonlama tahlil qilishga va raqamli texnologiyalarni jadallashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan bir qator strategik sessiyalarni o‘tkazish orqali iqtisodiyot, ijtimoiy soha, davlat va munitsipal boshqaruvdagi raqamli texnologiyalar, raqamli yechimlar va xizmatlarni joriy etish orqali raqamli yetuklik ko‘rsatkichlariga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
«Xalqaro raqamli rivojlanish» loyihasi yirik xalqaro kompaniyalar bilan bir qatorda, bir qancha davlatlarning davlat tashkilotlari davlat boshqaruvining turli yo‘nalishlarida muloqot o‘rnatish va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshlang‘ich nuqtadir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring