Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suyuq metallni tezkor 3D-chop etish texnologiyasi ishlab chiqildi

Suyuq metallni tezkor 3D-chop etish texnologiyasi ishlab chiqildi

Foto: 4PDA

Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari suyuq alyuminiydan mebel karkaslarini uch o‘lchamli chop etish imkonini beruvchi yangi texnologiyani ishlab chiqishdi. Katta o‘lchamdagi qismlarni bir necha soniya ichida bosib chiqarish mumkin, eritilgan metall esa bir necha daqiqada soviydi.

Muhandislar bosma qatlamni to‘ldirish uchun bir necha xil ashyolar, jumladan, grafit kukunlari va tuzni sinab ko‘rishdi, yakunda shisha sharlarni tanlashdi. Ular eritilgan alyuminiyning juda yuqori haroratiga bardoshli bo‘lib, metall tez sovishi uchun neytral suspenziya vazifasini ham bajaradi. Ushbu usul ayniqsa tezkorlik borasida o‘zini ko‘rsatdi — texnologiya qo‘shimchali metall ishlab chiqarish jarayoniga solishtirganda 10 karra tez ishladi. Ammo bu usul detalizatsiya bobida kamchilikka ega, shu bois dekorativ metall buyumlar sohasida qo‘llashga yaramaydi.

Ammo ulkan konstruksiyalarining qismlari batafsil detalizatsiyani talab qilmaydigan me’morchilik, qurilish va sanoat dizayni sohalari yangi texnologiya uchun istiqbolli bo‘lishi mumkin. Ulkan qismlar sanoqli soniyalarteda tayyor bo‘ladi, eritilgan metall daqiqalar ichida soviydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring