Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Superkompyuter ham pand berdi

Superkompyuter ham pand berdi

Foto: "high-tech.ru"

Yaponiyadagi nufuzli Kioto universitetida superkompyuter orqali tadqiqot ma’lumolarining zahira nushalari yaratilayotganida 77 terabaytli fayllar o‘chib ketdi. Unda 14 ta tadqiqot guruhining ma’lumotltari mavjud edi.

Muammoga ma’lumotlar hajmi va tizim imkoniyatini hisobga olmaganlik sabab bo‘lgan. Universitet hozirda qanday chora ko‘rish haqida bosh qotirmoqda, ammo afsuski o‘chib ketgan ma’lumotlarni qayta tiklash ilojsiz.

Aslida superkompyuterlar tezlik va qobiliyat jihatdan odatiy kompyuterlardan katta farq qiladi. Ular bir soniyadayoq ulkan vazifalarni bajara oladi. Narxi ham shunga yarasha. Lekin universitetga undan muvaffaqiyatli foydalanish nasib qilmagan ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring