Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt qancha odamni ishsiz qoldirishi ma’lum bo‘ldi

Sun’iy intellekt qancha odamni ishsiz qoldirishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Kilito Chan/Getty Images

Generativ sun’iy intellekt (SI) tizimlari butun dunyo bo‘ylab mehnat bozorlariga, 300 milliondan ziyod ish o‘rinlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Goldman Sachs mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi.

Kompaniya tadqiqotchilari 300 milliontagacha ish o‘rnini avtomatlashtirishi kutilayotgan sun’iy intellekt imkoniyatlari hamda AQSh va Yevropa mehnat bozorlari ma’lumotlarini tahlil qilishdi.

Hozirgacha ish o‘rinlarining taxminan uchdan ikki qismi u yoki bu darajada SI avtomatlashtirishga uchragandi, generativ SI esa mavjud ishchi kuchlarining to‘rtdan birining o‘rnini egallashi kutilmoqda.

AQShda “oq yoqalilar”, ayniqsa, yuridik xodimlar va ma’muriyatda ishlovchilar SI tufayli qisqartirishga tushishi kutilmoqda. Bu Amerikadagi jami xodimlarning 7 foizi yoki 11 million nafarni tashkil etadi.

Goldman Sachs qo‘shimcha qilishicha, sun’iy intellektning keng joriy etilishi xodimlarning mehnat haqiga to‘lanayotgan pullarni anchagina tejash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring