Sud qaroriga ko‘ra, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asarlar mualliflik huquqi bilan himoyalanmaydi

AQSh okrug sudi sudyasi Beril A.Xouyellning aytishicha, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan san’at asarlari mualliflik huquqi bilan himoyalanmaydi. Bunday qaror Creativity Machine algoritmi yordamida yaratilgan tasvirga mualliflik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan Stiven Talerning sudga bergan da’vosiga javoban qabul qilingan.
Sudya Xouyell bunga rozi bo‘lmadi va o‘z qarorida mualliflik huquqi hech qachon inson tomonidan yaratilmagan asarlarga berilmasligini ma’lum qildi.
Talerning advokati sud hukmidan rozi emasligi va qaror ustidan shikoyat qilishini aytdi. Umuman olganda, so‘nggi paytlarda AQShda mualliflik huquqi va sun’iy intellekt bilan bog‘liq sud jarayonlari ko‘paydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter