Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Subscriber Control": Yangilangan tizim taqdimoti (video)

Bugun, 25-oktyabr kuni, poytaxtimizdagi "Radisson" mehmonxonasining konferensiyalar zalida "Subscriber Control" tizimining yangi imkoniyatlari va qulayliklarini keng yoritishga qaratilgan muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" tomonidan yaratilgan "Subscriber Control" tizimiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda tijorat banklar, kredit tashkilotlari, yirik savdo tarmoqlari, rasmiy dilerlik markazlari, mobil aloqa operatorlari, OAV vakillari hamda boshqa muassasalar mutaxassislari ishtirok etishdi. 

 "Subscriber Control" nima?  

Bu mobil qurilmaning o‘ziga xos identifikatsiya kodini ro‘yxatga olish orqali uning ishlashini cheklash yoki qayta tiklash imkonini beruvchi innovatsion tizimdir.

Ushbu tizim mobil qurilmaning yo‘qolishi, kreditga olinganida to‘lovni vaqtida amalga oshirmaslik yoki o‘g‘irlanishi holatida uning qiymatini saqlab qolishga yordam beradi. 

Tadbirda tizimning ishlash mexanizmi, uning afzalliklari va qanday qilib foydalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ushbu tizim mobil qurilmalarni (telefon, planshet va sim modulga ega boshqa qurilmalar) kreditga beruvchi yoki muddatli to‘lov orqali tijorat qiluvchi tashkilotlarga qulaylik yaratadi. Ya’ni qarzdorlikni o‘z vaqtida undirish uchun muhim texnik yechim hisoblanadi. 

Tizimning barcha turdagi mobil qurilmalarga mos kelishi qulayligini bildirsa, kiberxavfsizlik talablariga javob berishi ishonchlilikni oshiradi. 

"Subscriber Control" tizimidan kimlar foydalanishi mumkin

  •  Tijorat banklar 
  •  Kredit uyushmalari 
  •  Mobil aloqa operatorlari
  • Rasmiy dilerlik markazlari
  • Do‘konlar va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari 

Tadbir ishtirokchilarining ta’kidlashicha, "Subscriber Control" tizimi jinoyatchilikka qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Mobil aloqa operatorlari esa ushbu tizimni mavjud xizmatlarga integratsiya qilish imkoniyatiga ega. 

Xulosa qilib aytganda, "Subscriber Control" tizimi O‘zbekistonda mobil qurilmalar savdosining rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqilishiga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring