Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Systemics PAB” vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda manfaatli kelishuvga erishildi

“Systemics PAB” vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda manfaatli kelishuvga erishildi

Polsha Respublikasida "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" DUK va Polshaning “Systemics PAB” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

"O‘zTTBRM" DUK xodimlarini 5G tarmog‘i sifati monitoringini o‘tkazish, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida tomonlar rouming sifati monitoringini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Aytish joizki, "O‘zTTBRM" DUK loyihalarining taqdimoti davomida kiberxavfsizlik sohasidagi Subscriber Control mahsuloti Polsha vakillarida alohida qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv yakunida “Systemics PAB” kompaniyasi vakillari "O‘zTTBRM" DUK rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, kompaniya faoliyatini yuqori baholadilar.

Yuqori saviyada bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda tomonlar o‘zaro IT texnologiyalar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga qaratilgan qator takliflarni muhokama qildilar.

Shuningdek, tashrif doirasida Varshava texnologik universiteti professori Jordi Mongay Batalla bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, “Systemics PAB” kompaniyasi mobil tarmoqlarida yuqori sifatni ta’minlash borasida xizmatlarni ko‘rsatish, jumladan, aktiv test va drayv-testlarlarni o‘tkazish, passiv monitoring, loyihalashtirish hamda xususiy tarmoqlarni joylashtirish, qolaversa, tarmoqlarni audit qilish, optimallashtirish va benchmarking bo‘yicha yechimlar yuzasidan davlat va xususiy muvofiqlashtiruvchi korxonalar uchun xalqaro darajada yetakchi mustaqil yetkazib beruvchi hisoblanadi.

2023-yil 19-iyuldan boshlab “Systemics PAB” kompaniyasi “Apave Group” kompaniyasi tarkibiga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring